Loris Ukrainaga qarshi o'yindan oldin fikrlarini bildirdi

Mirjalol Normatov
4 sen 2021, 01:46
JCH-2022 saralashi doirasida Ukrainaga qarshi o'yindan oldin Fransiya termasi posboni Ugo Loris o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ertangi o'yin biz uchun juda muhim. Bizda yaxshi o'yin ko'rsatish uchun imkoniyat bor. Albatta, bu qiyin bo'ladi. Ammo jamoamizga ishonaman.

Ukraina termasidan kimnidir ajratib ko'rsata olmayman. Ushbu termani qattiq hurmat qilamiz. Ertangi o'yin og'ir bo'lishini kutyapman", - dedi Loris.

Ukraina va Fransiya termalari o'rtasidagi o'yin 4 sentyabr kuni 23:45da Kievda start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: sport.ua