Gamshik: "Siti" "Napoli"ga CHL pley-offiga chiqishga yordam beradi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
22 noya 2017, 12:53
"Napoli" yarim himoyachisi va sardori Marek Gamshik Chempionlar ligasining 5-tur uchrashuvida "Shaxtyor" ustidan qozonilgan g'alaba (3:0) haqida fikr bildirdi.

"Pley-off joyi uchun poygada qolishga g'alaba qozonishimiz kerak edi va buni uddaladik. Birinchi bo'lim oson o'tmadi, chunki "Shaxtyor" yaxshi jamoa. Biroq urilgan goldan so'ng ishimiz osonlashdi.

O'z o'yinimizga e'tibor qaratib, "Manchester Siti" pley-offga chiqishimizga yordam beradi deb umid qilaman" - deydi Gamshik.

"Napoli" so'nggi turda "Feyenoord" bilan o'ynaydi, "Shaxtyor" esa "Manchester Siti"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com