Gamshik "Trabzonspor" bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi

Alisher
7 iyun 2021, 11:26
Slovakiya terma jamoasi yarim himoyachisi Marek Gamshik faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettiradi.

33 yoshli futbolchi Shvetsiyaning "Gyoteborg" jamoasini tark etdi va "Trabzonspor" klubi bilan shartnoma imzolaydi. Turk klub Marekka 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qildi.

O'yinchining Turkiyadagi maoshi 1,5dan 2,5 million evroga qadar bo'ladi.

Gamshik Shvetsiya chempionati doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira