Rasman: Gamshik yangi klubi bilan shartnoma imzoladi

Alisher
9 mar 2021
Shvetsiyaning "Gyoteborg" klubi yarim himoyachi Marek Gamshik bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi.

33 yoshli slovakiyalik futbolchi jamoada yarim yilni o'tkazadi, u Xitoyning "Dalyan Ifan" klubidan ketganidan so'ng klubga erkin agent maqomida keldi.

Eslatib o'tamiz, Marek Gamshik - "Napoli"da o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi.

Gamshik shuningdek Slovakiya terma jamoasida 126ta o'yinda maydonga tushib, 26ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/IFKGoteborg