"Frayburg" "Bavariya"ga qarshi o'yinning natijasi borasida arznoma yozmoqchi: "Bu bizning aybimiz emas"

Mirjalol Normatov
4 apr 2022, 22:47
"Frayburg" matbuot xizmati "Bavariya"ga qarshi o'yinda Bundesliga qoidalari buzilganligini yozmoqda.

Bundesliganing 28-turi doirasidagi bahsda Myunxen klubining 12 futbolchisi maydonda harakat qilgan.

"Frayburg" rahbariyati "Bavariya"ga qarshi o'yinda o'zgarishlar qoidalari buzilganligi borasidagi har bir holatni o'rganib chiqdi.

Bu yerda biz o'z bo'ynimizga hech qanday aybni olmaymiz. "Frayburg" bu boradagi jarayonda ishtirok etmagan va o'yinni bunday yo'l orqali buzilishida qatnashmagan. Biz voqealarni o'z tomonimizga og'dirish uchun bunday yo'llardan foydalanmaymiz va aksincha holatda o'zimizni noqulay his qilamiz.

"Frayburg" rahbariyati bu yerda appelyaciya berishni lozim deb topadi", - deb yoziladi klub bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal