"Barselona" Reshfordni 30-35 mln evroga sotib olish huquqiga ega bo'ladi. MYU 50 mln xohlagandi

Alisher Ostonov
20 iyul 2025, 00:44
"Barselona" Markus Reshfordni sotib olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Marca’ning yozishicha, kataloniyaliklar "Manchester Yunayted" hujumchisini ijaraga olish bo'yicha kelishib olishgan, forvard tez orada Ispaniyaga yetib boradi va tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Takidlanishicha, ingliz 30-35 mln evroga sotib olish bandi bilan ijaraga olinadi, ammo, bu hali yakuniy raqamlar emas. MYU avvaliga 50 mln evrodan to'xtamoqchi edi, ammo keyinchalik chegirmaga bordi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: Marca