

Marca’ning yozishicha, kataloniyaliklar "Manchester Yunayted" hujumchisini ijaraga olish bo'yicha kelishib olishgan, forvard tez orada Ispaniyaga yetib boradi va tibbiy ko'rikdan o'tadi.
Takidlanishicha, ingliz 30-35 mln evroga sotib olish bandi bilan ijaraga olinadi, ammo, bu hali yakuniy raqamlar emas. MYU avvaliga 50 mln evrodan to'xtamoqchi edi, ammo keyinchalik chegirmaga bordi.



