"Arsenal"ning sobiq futbolchisi 2015 yildan beri birinchi marta Ispaniya termasiga chaqirildi

17 may 2019, 20:40
Bugun Ispaniya futbol federatsiyasi Farrer orollari va Shvetsiyaga qarshi o'yinlar uchun tarkibni e'lon qildi.

Qayd etish kerak, ushbu ro'yxatdan Santi Kasorla ham joy oldi. Kasorla 2015 yildan beri milliy terma jamoada o'ynamay kelayotgandi. Bunga sabab sifatida uning 11 marta operaciya qilingani va 18 oy futboldan tashqarida bo'lganini keltirish mumkin.

Eslatib o'tamiz, 34 yoshli yarim himoyachi 2012-2018 yillarda "Arsenal" sharafini himoya qilgan. 

Hozirda Kasorla faoliyatini "Vilyarreal" jamoasida davom ettirmoqda. 

Ispaniya terma jamoasi tarkibi e'lon qilindi

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/SeFutbol