Anchelotti: "Xoffenxaym"ga qarshi oson bo'lmaydi, bu top-o'yin"

5 noya 2016, 12:02
"Bavariya" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bundesliganing 10-tur doirasidagi "Xoffenxaym" bilan bo'ladigan uchrashuv oldidan o'z fikrlarini bildirdi.


- "Xoffenxaym" joriy mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatib kelmoqda. Bu to'qnashuv biz uchun juda muhim. "Xoffenxaym"ga qarshi oson bo'lmaydi, bu top-o'yin bo'ladi. Biz bu bahsda nimalarga qodir ekanligimizni ko'rsatishimiz lozim.

"Xoffenxaym" o'yin tashkil etishda faol va ular tezkor futbol namoyish etishadi.

"Xoffenxaym" Germaniya chempionatida ketma-ket to'rtta durangdan so'ng beshta g'alaba erishdi va turnir jadvalida 4-o'rinda borishmoqda. "Xoffenxaym" ushbu mavsumda hali mag'lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.


O'xshash yangiliklar


Manba: fcbayern.com