Anchelotti jurnalistga: "Sizgacha bu matbuot anjumani Kilian haqida savol berilmagan birinchisi bo'lishi kerak edi"

Aslanov Jasurbek
10 dek 2024, 02:16
Karlo Anchelotti Kilian Mbappe haqidagi savolga hazilomus javob berdi.

"Atalanta"ga qarshi Chempionlar ligasi o'yinidan avval "Real" bosh murabbiyi matbuot bilan muloqot qilayotgan edi.

- Nima deb o'ylaysiz, kechagi intervyu Mbappe atrofidagi shov-shuvlarni to'xtata oladimi?

- Sizgacha bugungi matbuot anjumani Mbappe haqida savol berilmagan birinchisi bo'lishi kerak edi (kuladi)!

Kilianning ahvoli yaxshi, u o'sishda davom etyapti. Shunchaki unga futbolchiga kerak bo'lgan ishonch berdim. Ertangi bahs juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin" - dedi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As