Anchelotti: "Bavariya"ga katta o'zgarishlar amalga oshirish uchun kelganim yo'q"

Aslanov Jasurbek
11 iyul 2016, 16:17
"Bavariya" yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Germaniya chempionati haqida fikr bildirdi.

"Bu yerda ekanligimdan xursandman. Do'stim Gvardiola bir necha yil davomida jamoada yaxshi ishladi. "Bavariya" - fantastik tarixga ega jahonning eng yirik klublaridan biri. Bu klubning uslubini yaxshi bilaman va biz hujumkor futbolga asoslangan o'yin tashkil qilmoqchimiz. Ammo men bu erga katta o'zgarishlar amalga oshirish uchun kelganim yo'q. Gvardiolaning uslubini rivojlantirmoqchiman.

Jovanni Trapattonidan so'ng "Bavariya"dagi ikkinchi italiyalikman. O'zimdan bir nimalar qoldirmoqchiman. Strategiyamga keladigan bo'lsak, u o'zgaradi. Men 4-4-2 yoki 4-3-3 sxemasida o'ynashim mumkin. Bosimga o'rganib qoldim, hozir esa uni his qilmayapman. Bundesliga - yuqori raqobatga ega qiziq chempionat. Menga Germaniya chempionatidagi zo'ravonlik yo'q bo'lgan stadionlar yoqadi" - deydi Anchelotti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com