Al Hilol Saloh uchun qancha oylik berishga tayyorligi ma'lum

Khoja
28 yanv 2025, 10:41
Neymar bilan shartnomani bekor qilgan Al Hilol yozda boshqa bir super yulduz bilan shartnoma tuzmoqchi.

Saudiyaliklar Muhammad Saloh bilan shartnoma tuzishni reja qilgan. Salohni qo'lga kiritish uchun Al Hilol rahbariyati futbolchiga yiliga 250 million dollar maosh berishga tayyor.

Agar ushbu kelishuv amalga oshsa, Saloh futbol tarixidagi eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.

Ma'lumot uchun, Salohning Liverpul bilan tuzgan shartnomasi yozda yakunlanadi. Futbolchi joriy mavsum 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 23 gol va 17 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com