A Seriya. 3:0... 3:3 va Kulibalining avtogoli "Napoli"ga alamli mag'lubiyatni taqdim etdi

Eldor Akmurzayev
1 sen 2019, 01:40
Italiya chempionatining 2-turidan o'rin olgan Yuventus hamda Napoli o'rtasidagi drama yakunlandi.

Bahsning 66 daqiqasiga qadar turinliklar Danilo, Gonsalo Iguain, Krishtianu Ronalduning gollari evaziga yirik 3:0 hisobida oldinga o'tib olishdi va g'alaba deyarli qo'lga kiritilayotgandek edi. Biroq, avvaliga, mehmonlar a'zosi Konstantinos Manolas, keyin esa Irving Losano hamda Jovanni Di Lorenco keksa seniora posboni Voycex SHHesniyni dog'da qoldirib, iroda ko'rsatgan holda muvozanatni tenglashtirishdi.

Hakam tomonidan asosiy bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda esa neapolliklar himoyachisi Kalidu Kulibali kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga alamli mag'lubiyatiga sababchi bo'lib qoldi.

Yuventus – Napoli 4:3 (2:0, 2:3)

Alyanc Stedium

Gollar: 1:0 – 16 Danilo, 2:0 – 19 Iguain, 3:0 – 62 Ronaldu, 3:1 – 66 Manolas, 3:2 – 68 Losano, 3:3 – 81 Di Lorenco, 4:3 – 90, avtogol Kulibali.

Yuventus – Shesniy, Aleks Sandro, de Ligt, De Shilo (Danilo, 15), Bonuchchi, Pyanich, Matyuidi, Xedira (Djan, 60), Duglas Kosta, Iguain (Dibala, 76), Ronaldu.

Napoli – Meret, Kulibali, Di Lorenco, Manolas, Gulyam (Mariu Ruy, 46), Fabian Ruis, Zelinski, Insine (Losano, 46), Allan (Elmaz, 74), Kalexon, Mertens.

Ogohlantirishlar: Gulyam (40), Di Lorenco (44), Matyuidi (52), Aleks Sandro (80), Duglas Kosta (83), Elmaz (90).

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia