

The Guardian xabariga ko'ra, 3 nafar futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tishdan bosh tortdi. Bular - himoyachi Yurrien Timber, yarim himoyachi Kristian Eriksen va hujumchi Darvin Nunes.
Niderlandiyalik futbolchi "Ayaks"da qolishga qaror qildi, urugvaylik esa "Liverpul"ga o'tdi. Daniyalik yarim himoyachi Eriksen "Brentford" bilan yangi shartnoma tuzadi yoki "Tottenxem"ga qaytadi.
Oldinroq MYU "Portu" hujumchisi uchun 60 million evro taklif qilgani haqida xabar berilgandi.



