3 nafar futbolchi MYU taklifini rad qildi

Sherzod Nurmatov
21 iyun 2022, 20:26
Mankunianlar hozircha yangi o'yinchilarni xarid qilishmadi.

The Guardian xabariga ko'ra, 3 nafar futbolchi "Manchester Yunayted"ga o'tishdan bosh tortdi. Bular - himoyachi Yurrien Timber, yarim himoyachi Kristian Eriksen va hujumchi  Darvin Nunes.

Niderlandiyalik futbolchi "Ayaks"da qolishga qaror qildi, urugvaylik esa "Liverpul"ga o'tdi. Daniyalik yarim himoyachi Eriksen "Brentford" bilan yangi shartnoma tuzadi yoki "Tottenxem"ga qaytadi.

Oldinroq MYU "Portu" hujumchisi uchun 60 million evro taklif qilgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian