"Yuventus" "Bavariya"ga qarshi o'yindan oldin Markiziodan ayrildi

Aslanov Jasurbek
15 mar 2016, 18:20
"Yuventus" yarim himoyachisi Klaudoi Markizio "Bavariya"ga qarshi Chempionlar ligasining 1/8 final javob uchrashuvidan oldingi mashg'ulotda jarohat oldi.

Futbolchi turinliklarning so'nggi mashg'ulotini yakunlay olmadi, u oyog'ida og'riq his qildi. Taxminlarga ko'ra, oldingi jarohat Markizioni yana bezovta qilmoqda.

"Bavariya"ga qarshi bahsni Jorjo Kellini va Mario Manjukich ham o'tkazib yuborishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com