Pogbaning sobiq jamoadoshi: “U MYUga o'tish xato bo'lganini aytgandi”

Eldor Akmurzayev
28 apr 2020, 19:20
“Yuventus” sobiq yarim himoyachisi Klaudio Markizio Pol Pogba haqida fikr bildirdi.

“O'tgan yili Pogba bilan tadbirda uchrashib qoldim va u menga MYUga o'tgani to'g'ri bo'lmagani, “Yuventus”da qolishim kerak edi, deb aytdi. Endi vaziyat biroz boshqacharoq, “Yuventus”ning o'rta chizig'i o'zgargan. Biroq, u qaytib kelishiga umid qilaman. Bu ikkala tomon uchun ham yaxshi bo'lardi. Pol A Seriyani yaxshi biladi va jamoa saviyasini ko'taradi, garchand, “Yuve” kuchli bo'lsada”, deydi Markizio.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sport Mediaset