Alan Shirer APLda mavsum startining eng yaxshi futbolchisini aytdi

14 noya 2026, 00:26
"Nyukasl" sobiq hujumchisi Alan Shirer Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ezri Konsani yuqori baholadi.

"Menimcha, ayni paytda APL mavsumining eng yaxshi futbolchisi - Ezri Konsa. “Arsenal”ning himoyadagi o'yini va xususan, Konsaning harakatlariga e'tibor qaratsak, Uilyam Salibani tilga olishimizga ham ehtiyoj qolmaydi. Biz Saliba haqida faqat so'nggi vaqtlarda, uning jarohatidan keyin qachon maydonga qayta olishi nuqtayi nazaridan gapira boshladik", - deya Shirerning so'zlarini keltiradi Metro nashri.

Ezri Konsa joriy mavsumda barcha musobaqalarda 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, bir marta gol urdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Metro