Torres dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanishi mumkin

Narzulla Saydullayev
22 yanv 2016, 09:15
Atletiko klubi hujumchisi Fernando Torresga xorijdan ajoyib taklif tushgan, bu haqda uning agenti Xose Antonio Martin ma'lum qildi.

Fernando va Simeone kelajak borasida gaplashib olishlari kerak. Atletiko muxlislari u bilan shartnoma uzaytirilishini istashmoqda.

Torresda bitta taklif bor, unga ko'ra u dunyoda eng ko'p maosh oladigan futbolchiga aylanadi. Barchasi Atletikoga bog'liq.

Barchasi Torres va Simeonening qaroriga bog'liq. Fernando va Diego – do'stlar, – deydi agent Cadena Cope nashriga.

Eslatib o'tamiz, Torres Milandan ijaraga olingan. Ispaniyalik futbolchining Italiya klubi bilan shartnomasi yozda tugaydi va Torres erkin agentga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com