Torres futbolga qaytmoqda!

Mirjalol Normatov
25 may 2021, 23:21
Afsonaviy ispaniyalik futbolchi Fernando Torres katta futbolga qaytmoqda.

"Faqatgina futbol o'ynaganimdagina men hayotdan zavq olaman. Aynan shuning uchun yana katta futbolga qaytmoqdaman. Juma kuni qaysi jamoaga o'tganimni ma'lum qilaman", - dedi Torres.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli ispaniyalik 2019 yili faoliyatini yakunlagandi. So'nggi jamoasi Yaponiyaning "Sagan Tosu"si bo'lgandi.

Torres faoliyati davomida "Atletiko", "Liverpul", "Chelsi" va "Milan" kabi jamoalar tarkibida harakat qilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal