Fernando Torres "Atletiko B"da yordamchi murabbiy bo'ldi

Mirjalol Normatov
17 yanv 2021, 16:48
"Atletiko"ning sobiq futbolchisi Fernando Torres "Atletiko B" murabbiylar shtabiga kirdi.

Torres o'tgan yilning sentyabr oyida "Atletiko"ga qaytib, klubning 16 yoshgacha bo'lgan jamoasida ish boshlagandi. "Atletiko B" Segunda B ligasi guruhlaridan biridan o'rin olgan. Ushbu jamoa 8 o'yinda atigi 5 ochko jamg'argan.

Torres futbolchilik faoliyati davomida YCHL, Yevropa ligasi kabi sovrinlarni qo'lga kiritgan. Terma bilan esa jahon chempionligiga erishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal