Suares Barsadan shartnoma bekor qilingani uchun 25 million evro olmoqchi. Uni Yuve o'z safida ko'rmoqchi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2020, 10:26
Yuventus Barselona hujumchisi Luis Suaresni o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi.

33 yoshli urugvaylik hujumchi klub shartnomani bekor qilgani uchun 25 million evro tovon puli olmoqchi, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia jurnalisti Janluka Di Marcio.

Ma'lumot uchun, Suaresning Barselona bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil iyun oyida tugaydi. Urugvaylik hujumchi klub yangi bosh murabbiyi Ronald Kumanning rejalariga kirmasligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sport Italia