

"L’Equipe" nashri xabariga ko'ra, u seshanba kuni yangi virus bo'yicha tekshiruv testidan o'tgan. Test natijasi chorshanba tongiga qadar ma'lum bo'lishi kutilmoqda.
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel Mbappening tomog'i og'riyotgani, shu tufayli jamoa mashg'ulotlarini o'tkazib yuborganini ta'kidladi.
Ma'lumot uchun, Fransiyada virus bilan 1 700 kishi kasallangan. Shulardan 33 kishi hayotdan ko'z yumgan bo'lsa, 86 nafar kishining ahvoli og'irligicha qolmoqda.
12 kishi esa butunlay tuzalib ketgan.



