Shahboz Erkinov ham Malayziyada o'ynashi mumkin FOTO

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2016, 17:05
"Navbahor" klubi hujumchisi Shahboz Erkinov ayni paytda Malayziya klubida ko'rikdan o'tmoqda.

Erkinov o'tgan yil Sadriddin Abdullaev va Farhod Tojiev faoliyat olib borgan "T-Tim" klubi yig'inida qatnashmoqda.

Hamyurtimiz "T-Tim" safida "Negeri Sambilan"ga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida (1:2) maydonga tushdi va jamoasining yagona golini urishga muvaffaq bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Vohid Shodiev, Lutfulla To'raev, Oybek Qilichev kabi hamyurtlarimiz Malayziya klublari bilan shartnoma tuzib bo'lishdi. Kamoliddin Murzoev ham shartnoma tuzish arafasida.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia