"Real" Saloh uchun ikki futbolchisidan voz kechishi mumkin

Mirjalol Normatov
17 mar 2018, 10:44
"Real" rahbariyati "Liverpul" futbolchisi Muhammad Salohni tarkibga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

"Diario Goal" nashri xabariga ko'ra, madridliklar Saloh uchun "Liverpul"ga Dani Sebalos va Karim Benzemani berishga tayyor.

Misrlik futbolchi bu mavsum boshida "Liverpul" tarkibiga kelib qo'shilgandi. "Real" futbolchi uchun pul sarflay olmaydi. Benzema va Sebalos esa Salohning transfer narxini pasaytirish uchun berilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Diario Goal