"Real" Bellingemni nishonga oldi

Alisher
15 iyul 2022, 13:20
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jud Bellingem Madridning "Real" klubiga o'tishi mumkin.

Ispan klubi rahbariyati kelasi yilning yozida angliyalik xavbekni o'z safiga jalb qilmoqchi.

Bellingemning "arilar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.

19 yoshli xavbek o'tgan mavsum "Borussiya" tarkibida 44ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 14ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca