So’nggi yangiliklar

09:23"Реал" футболчиси Африка Миллатлар Кубогида рекорд ўрнатди  0 08:57"Манчестер Сити" "Рома"дан ҳимоячи олиб келмоқчи  0 08:41Расман. Шаҳбоз Умаров "Бунёдкор" футболчиси  1 08:30"Машъал" етакчиларидан бири фаолиятини Тошкентда давом эттиради  2 07:59Скалони Мессининг 2026 йилги Жаҳон чемпионатида иштирок этиши ҳақида: У ўзи қабул қилиши керак бўлган қарорни қабул қилсин  1 07:29U-23 Осиё кубоги. Бугун Эронга қарши ўйнаймиз  5 02:37Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан хет-трик!  0 02:30Бундеслига. Франкфуртда "отишма": "Айнтрахт" - "Боруссия" Д учрашувида 6 та гол урилди  0 02:02Африка Миллатлар кубоги. Марокаш ярим финалда!  1 01:25"Ювентус" "Манчестер Сити" футболчисини текинга қўлга киритмоқчи  2 00:47Испания Суперкубоги финалини ким бошқаради?  2 00:20Майкл Оуэн: "Муҳим ўйинларда Гёкерешга маҳорат етишмаяпти"  2 23:55А Сериянинг декабрь ойидаги энг яхши мураббийи маълум қилинди  0 23:23Сульшер МЮга қайтса, қанча маош олади?  0 23:05Африка Миллатлар кубогидаги илк ярим финалчи маълум!  1

Superliga. "Andijon" Qo'qonda so'nggi soniyalarda belgilangan penalti evaziga g'alabani qo'ldan chiqardi Yangiliklar

Superliga. "Andijon" Qo'qonda so'nggi soniyalarda belgilangan penalti evaziga g'alabani qo'ldan chiqardi

Superliganing 20-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Coca-Cola Superliga. 20-tur

25 sentyabr, shanba

QO'QON-1912 – ANDIJON 1:1

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, Ibrohim Ismoilov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Vasiliy Sovpel 55, - 0:1. Ivan Yosovich 90+5 penalti, - 1:1.

“Qo'qon-1912”: 1. Muzaffar Abdullaev, 3. Bobur Akbarov, 4. Ilhom Vahobov, 5. Slavko Lukich ( 99. Andrey Sidorov 74), 7. Asadbek Sobirjonov (, 19. Suhrob Berdiev, 74), 10. SHohnazar Norbekov ( 9. Hamidullo Abduhamidov, 60) , 11. Mo'min Meliev, 15. Oybek Rustamov, 20. Iqbol Malikjonov ( 91. Yakuba Bamba, 67), 22. Muhammadanas Hasanov ( 13. Sardor Azimov, 60), 33. Ivan Yosovich. 

Zaxira: 46. Xurshid Xo'jaev, 8. Farhod Bekmurodov, 18. Anvar Xojimirzaev, 23.Aleksandr Merzlyakov,

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 2.Sardor Xursanov, 3.Azamat Isroilov (7.SHerzod G'ulomjonov, 84), 4.Usmonali Ismonaliev (6.Ibrohim Otaxonov, 90+3), 5.Abdulvohid G'ulomov, 9.Pavel Zabelin, 14.Vasiliy Sovpel, 17.Farhod Sohibjonov (10.Vladislav Vasilev, 84), 18.Abdug'ani Kamolov, 26.Muhammadkarim Toirov, 49.Plamen Dimov.

Zaxira: 44.Asilbek Amanov, 23.Mardon Abdullaev, 27.Mirkomil Lokaev, 28.Abdurahmon Komilov, 70.Diyorbek Rahimqulov, 77.Xurshid Ubaydullaev.

Ogohlantirish: Sardor Xursandov ("Andijon") 16, Asadbek Sobirjonov ("Qo'qon-1912") 45+1, Plamen Dimov ("Andijon") 58, Farhod Sohibjonov ("Andijon") 80, Muzaffar Abdullaev 90+3.



YANGILASH



90+5. O'YIN TUGADI! 1:1

90+5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IVAN YOSOVICH! Penaltidan gol urib hisobni tenglashtirdi - 1:1. 




90+4. PENALTI!!! "Andijon" darvozasi tomon! Zabelin Boburjon Akbarovga nisbatan xavfli o'yin uchun penalti belgilandi. 



90+3. O'ZGARISH. "Andijon". Ismonaliev o'rniga Ibrohim Otaxonov tushdi

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

84. O'ZGARISH. "Andijon". Isroilov va Sohibjonov o'rniga G'ulomjonov va Vasilev tushdi

80. Ogohlantirish. "Andijon". Farhod Sohibjonov

74. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Slavko Lukichning o'rniga Andrey Sidorov, Asadbek Sobirjonov o'rniga Suhrob Berdiev maydonga tushdi. 

71. ZARBAAAAAAAAAAA. Yakuba Bamba qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 

67. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", Iqbol Malikjonov o'rniga Yakuba Bamba maydonga tushdi. 

65. ZARBAAAAAAA. Pavel Zabelinning yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi. 

60. O'ZGARISH. "Qo'qon-1912", SHohnazar Norbekov o'rniga Hamidullo Abduhamidov, Muhammadanas Hasanov o'rniga Sardor Azimov maydonga tushdi. 

58. OGOHLANTIRISH. "Andijon", Plamen Dimovga sariq kartochka ko'rsatildi. 



55. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL. SUPERGOOOOOOOOOOOL. Vasiliy  Sovpel jarima maydonchasidan tashqarida kutilmagan kuchli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. 

50. UXXXXXXXX. "Qo'qon-1912" futbolchisi Muhammadanas Hasanov qanotdan yorib kirib to'pni uzatdi. Zarba berishga hech kim yo'q. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Birinchi bo'lim yakunlandi. Tanaffus.

45+1. OGOHLANTIRISH.  "Qo'qon-1912", Asadbek Sobirjonovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

45. Birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berildi. 

43. Slavko Lukichning yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi. 

35. UXXXXX. Muhammadanas Hasanov ajoyib aldab zarba yo'lladi. Zarba noaniq. 

28. ZARBAAAAAAAAA. Farhod Sohibjonovning mezbonlar jarima maydonchasi ichida yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi. 

27. UXXXXXXXXXXXXXXX. Yana chap qanotdan uzatib berilgan to'pdan so'ng SHohnazar Norbekov qisqa masofadan gol ura olmadi. 

25. O'yin davom etadi. Iqbol Malikjonovning zarbasi juda noaniq. 

24. Suv ichib olish uchun tanaffus!

23. "Qo'qon-1912"ning chap qanotdan tashkil qilayotgan hujumlari zarbasiz yakunlanmoqda. 

16. OGOHLANTIRISH. "Andijon", Sardor Xursandovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

13. "Andijon" jamoasida jarima zarbasi. Yakun samarasiz. To'pni jonli devordagilar qaytardi. 

11. "Qo'qon-1912"dan hujum. Oybek Rustamovning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

8. Mezbonlar yana jarima zarbasini ishladi. Zarbani raqib himoyachilari qaytardi. 

6. ZARBAAAAAAAAA. "Qo'qon-1912" futbolchisi Iqbol Malikjonovning jarimadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

3. Ivan Yosovichning burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng yo'llagan zarbasi xavfli chiqdi. 

Uchrashuv boshlandi. 

- Assalomu aleykum qadrli futbol muxlislari! Tez orada Superliga 20-tur doirasida start oladigan "Qo'qon-1912" - "Andijon" o'yinini birgalikda tomosha qilamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
Яндекс.Метрика