So’nggi yangiliklar

00:53"Реал" "Ливерпуль” юлдузини кузатишда давом этмоқда  0 23:55А Серия. "Рома" меҳмонда "Женоа"га мағлуб бўлди  2 23:43"Милан" — "Интер". Таркиблар маълум  8 23:42ПСЖ ўйинларига қалбаки чипталар тайёрлаб сотганликда гумон қилинган шахс қўлга олинди  0 23:23Фоден "Барселона"га ўтиши мумкин  1 22:55Испаниялик юлдузнинг тренажёр залига кириши тақиқланди  0 22:33"Реал" Родрини ўз сафига қўшиб олмоқчи эмас. "Сити" хавбеки мадридликларнинг режасида йўқ  0 21:48Германияда мухлислар ВАРни токдан узиб қўйгани учун ҳакам баҳсли вазиятни монитордан кўра олмади  1 20:45Эрон аёллар терма жамоаси футболчилари хоинга чиқарилди, улар қатл этилиши мумкин  14 20:28Туркманистон кубогида ярим финалчилар аниқланди  4 20:03Модрич оиласи ва дўстлари, жумладан Манжукич учун “Интер”га қарши дерби учун 60 та чипта сотиб олди  4 19:53"Каттақўрғон" ўтган мавсум Қирғиз Республикасида ўйнаган футболчи билан шартнома имзолади  2 19:20Футбол академиялари ўртасидаги Ўзбекистон кубоги ўз ниҳоясига етди  3 18:58Брандт АПЛ клубига ўтиши мумкин  0 18:25Энцо Фернандес: "Менинг орзуим — Чемпионлар Лигасида ғолиб чиқиш"  4

"U 10 oy chidab berishiga shubham bor!" - Peti "Chelsi"dagi beqarorlikni tanqid qildi Yangiliklar

"U 10 oy chidab berishiga shubham bor!" - Peti "Chelsi"dagi beqarorlikni tanqid qildi

Londonning "Chelsi" klubi sobiq yarim himoyachisi Emmanuel Peti jamoaning hozirgi siyosati va bosh murabbiy Liem Rosenorning kelajagi haqida keskin fikr bildirdi.

Uning fikricha, "aristokratlar"dagi doimiy o'zgarishlar katta g'alabalarga to'siq bo'lmoqda.

Sovrinlar uchun nima kerak?

Petining takidlashicha, APLda g'olib chiqish uchun faqat pul va iqtidorli futbolchilar etarli emas:

"Liem Rosenor "Chelsi" bilan APLda g'olib chiqa oladimi? Ular har yili tarkibni o'zgartirishmoqda. Agar nimanidir yutmoqchi bo'lsangiz, barqarorlik va izchillik juda muhim. Murabbiy o'z g'oyalariga sodiq qolishi, rahbariyat esa hatto qiyin davrlarda ham unga ishonishi kerak. «Liverpul» va «Siti» aynan shu yo'l bilan sovrinlarga erishdi".

Murabbiyning taqdiri qil ustida:

Franciyalik sobiq futbolchi Rosenorning londonliklar safida uzoq qolmasligini taxmin qilmoqda:

"Men uning 10 oydan keyin ham jamoada bo'lishiga amin emasman. Agar ketma-ket 3-4 ta o'yinda omadsizlikka uchrasa, direktorlar kengashi uni ishdan bo'shatib yuborishidan hayron qolmayman. «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» kabi klublar tinimsiz murabbiy almashtirib, qanday qilib chempionlikni kutishayotganiga tushunmayman".

Petining xulosasi:

"Futbolchilarga natijalar yomon bo'lganda ham murabbiy o'z g'oyalariga sodiq qolishini ko'rsatish kerak. «Arsenal» bir necha yildan beri shuni qilmoqda va chempionlikka yaqin keldi. «Chelsi»da esa bunday muhit ko'rinmayapti", — dedi Peti "Ignition Casino"ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Liem Rosenor "aristokratlar" boshqaruviga kelganidan beri jamoa o'yinida malum o'zgarishlar kuzatilmoqda, biroq Peti kabi ekspertlar klub rahbariyatining sabriga shubha bilan qarashmoqda.

Reyting: +4   

Fikrlar

   
18 fev 23:12:32
J afar Abdullayev
Peti xaq klubni arablarga sotiw kerek bu amerikalikla futbolga twuniwmidi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика