Rasman: UEFA "Benfika" - "Real" o'yinidagi irqchilik mojarosi bo'yicha surishtiruv boshladi
18 fev 18:07
Yangiliklar
Rasman: UEFA "Benfika" - "Real" o'yinidagi irqchilik mojarosi bo'yicha surishtiruv boshladi
Endi Vinisiusning ayblovi maxsus inspektorlar tomonidan o'rganiladi.
Vaziyat nima bilan bog'liq?
Eslatib o'tamiz, 17 fevral oqshomida kechgan «Benfika» — «Real» (0:1) uchrashuvining ikkinchi bo'limida Vinisius Junior raqib hujumchisi Djanluka Prestiannini uni «maymun» deb haqorat qilganlikda ayblagan edi. O'sha vaziyatda Prestianni og'zini futbolkasi bilan yopib olgan, bu esa lablardan o'qish imkoniyatini yo'qqa chiqargan.
UEFA bayonoti:
«2026 yil 17 fevral kuni bo'lib o'tgan «Benfika» va «Real» o'rtasidagi Chempionlar Ligasi uchrashuvida kamsituvchi xulq-atvor haqidagi davolarni o'rganish uchun UEFAning odob-axloq va intizom masalalari bo'yicha inspektori tayinlandi. Mazkur masala bo'yicha qo'shimcha malumotlar tegishli vaqtda taqdim etiladi», — deyiladi tashkilot xabarida.
Nima kutilmoqda?
Agar Prestiannining aybi isbotlansa, uzoq muddatli diskvalifikaciyaga uchrashi mumkin. Shuningdek, stadiondagi muxlislarning harakatlari uchun Lissabon klubiga ham moliyaviy yoki tribunalarni yopish kabi jazolar tayinlanishi ehtimoli bor.
Mourinyu va uning jamoasi uchun Madriddagi javob o'yini oldidan muhit yanada og'irlashmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Суперлига. Перица дублга эришган баҳсда "Нефтчи" йирик ҳисобдаги ғалабани тантана қилди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
Fikrlar
Реал Мадрид мухлисларига минус босиб кайф этса керак