"Qizilqum" klubi murabbiyiga jinoiy ish ochildi
18 fev 20:43
Yangiliklar
"Qizilqum" klubi murabbiyiga jinoiy ish ochildi
"Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi “Qizilqum” professional futbol klubining “U-19” jamoasi bosh murabbiyi garchi, o'yinchilar jamoaga belgilangan sinovlarda saralanib, klub komissiyasining qarori va rahbarning tegishli buyrug'i asosida qabul qilinishini bilsada, o'z xizmat mavqeidan foydalangan holda Nurota tumanida yashovchi, 2008 y.t. o'smirning ishonchiga kirdi. Aniqrog'i, uni jamoaning asosiy tarkibiga o'yinchi sifatida qabul qilish evaziga 20 mln so'm talab qildi.
Ammo, bosh murabbiy so'ralgan pul mablag'ini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoiy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Takidlash lozimki, bugungi kunda O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan futbolda halollik va shaffoflikni taminlash eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan.
Agarda ushbu tamoyillarga amal qilinmasa – bu yosh avlodning futboga bo'lgan ishonchiga salbiy tasir ko'rsatishi mumkin.
Futbolda barcha ishtirokchilar adolatli, shaffof va yuqori professional standartlarga rioya qilishi majburiy hisoblanadi.
Bu borada O'zbekiston futbol associaciyasi jamoalar, futbolchilar va mutaxassislarni qatiy ogohlantiradi hamda tizimni korrupciyadan holi bo'lishi uchun barcha chora-tadbirlarni ko'radi", -deyiladi O'FA bayonotida.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Дональд Трамп "Интер Майами" футболчилари билан учрашувда: "Месси Пеледан кучлироқ"
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
ЛаЛига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Сельта"ни қийинчилик билан мағлуб этди
“Ғалаба қозонишимизга ишончим комил”. Куртуа EЧЛда "Ман Сити"дан ўтиш учун "Реал"га нима кераклигини айтди
Fikrlar