So’nggi yangiliklar

00:53"Реал" "Ливерпуль” юлдузини кузатишда давом этмоқда  0 23:55А Серия. "Рома" меҳмонда "Женоа"га мағлуб бўлди  2 23:43"Милан" — "Интер". Таркиблар маълум  3 23:42ПСЖ ўйинларига қалбаки чипталар тайёрлаб сотганликда гумон қилинган шахс қўлга олинди  0 23:23Фоден "Барселона"га ўтиши мумкин  0 22:55Испаниялик юлдузнинг тренажёр залига кириши тақиқланди  0 22:33"Реал" Родрини ўз сафига қўшиб олмоқчи эмас. "Сити" хавбеки мадридликларнинг режасида йўқ  0 21:48Германияда мухлислар ВАРни токдан узиб қўйгани учун ҳакам баҳсли вазиятни монитордан кўра олмади  1 20:45Эрон аёллар терма жамоаси футболчилари хоинга чиқарилди, улар қатл этилиши мумкин  14 20:28Туркманистон кубогида ярим финалчилар аниқланди  4 20:03Модрич оиласи ва дўстлари, жумладан Манжукич учун “Интер”га қарши дерби учун 60 та чипта сотиб олди  4 19:53"Каттақўрғон" ўтган мавсум Қирғиз Республикасида ўйнаган футболчи билан шартнома имзолади  2 19:20Футбол академиялари ўртасидаги Ўзбекистон кубоги ўз ниҳоясига етди  3 18:58Брандт АПЛ клубига ўтиши мумкин  0 18:25Энцо Фернандес: "Менинг орзуим — Чемпионлар Лигасида ғолиб чиқиш"  4

"Bu Dembelega aytilgan "ovozingni o'chir" ishorasimi?" - Duening golni nishonlashi PSJ ichida mojaro keltirib chiqarishi mumkin Yangiliklar

"Bu Dembelega aytilgan "ovozingni o'chir" ishorasimi?" - Duening golni nishonlashi PSJ ichida mojaro keltirib chiqarishi mumkin

Franciyalik taniqli jurnalist Daniel Riolo PSJning 20 yoshli yarim himoyachisi Dezire Duening ECHL doirasidagi "Monako"ga qarshi bahsdagi (3:2) harakatlariga etibor qaratdi.

O'yin davomida Dembelening o'rniga zaxiradan maydonga tushib, dubl qayd etgan Due golini quloqlarini yopib nishonlagan edi.

Mojaroning ildizi qaerda?

Yaqindagina Franciya chempionati doirasidagi "Renn"ga (1:3) qarshi o'yindan so'ng Usmon Dembele jamoadoshlarini tanqid qilib: "Agar har kim faqat o'zi uchun o'ynasa, sovrinlarni qo'lga kiritib bo'lmaydi", deb aytgan edi. Ko'pchilik bu tanqidni aynan yosh Duega qaratilgan deb hisoblagan.

Rioloning xavotiri:

Jurnalistning fikricha, Duening bu ishorasi jamoa ichidagi muhitga salbiy tasir qilishi mumkin:

"Goldan keyin quloqlarni yopib olish — bu tanqidni qabul qilmaslik belgisi. Agar bu tanqid OAV tomonidan bo'lganida, muammo yo'q edi. Lekin bu erda gap jamoadoshlar haqida ketmoqda. Bu ishorasi bilan u go'yoki Dembelega ovozingni o'chir degandek bo'ldi.

Menga Duening xarakteri va uning biroz mag'rurligi yoqadi, u fantastik o'yin o'tkazdi. Biroq bunday harakatlar kiyinish xonasida Dembelening: «Bu menga qaratilganmidi?» degan savoliga sabab bo'lishi mumkin. Hozirgi futbolchilar bunday mayda narsalarga juda tasirchan bo'lib qolishgan", — dedi Riolo "After Foot" dasturida.

PSJ kiyinish xonasidagi vaziyat qanchalik jiddiy ekanini tez orada bilib olamiz. Luis Enrike yosh iqtidor va tajribali yulduz o'rtasidagi bu "sovuq urush"ni to'xtatib qola oladimi?

Reyting: +1   

Fikrlar

   
19 fev 17:20:44
Azizbek Rustamovich
Qirol Zidan foydalanuvchining fikriga javob berish
Бугунги футболга Йерро, Зидан, Роналдо, Раул, Пуйол каби сиймолар етишмаяпти.
To‘g‘ri. Futbolchilar injiq va provakator bo‘lib ketishdi
..
   
18 fev 20:24:23
Qirol Zidan
Бугунги футболга Йерро, Зидан, Роналдо, Раул, Пуйол каби сиймолар етишмаяпти.
   
18 fev 19:46:42
Mir Jaxon
Sabab oddiy intizomiy choralar ko'rilmayapti hammasi zvesda
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика