

O'quv-mashg'ulotlar yig'ini davomida O'zbekiston yoshlar termasi 13 iyun kuni Xitoy U-22 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.
Mazkur bellashuv har ikki jamoa uchun 2018 yili Xitoyda bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichi uchun tayyorgarlik vazifasini o'taydi.
Eslatib o'tamio', O'zbekiston U-22 termasining saralash bosqichi uchrashuvlari shu yilning 15–19 iyul kunlari BAAda bo'lib o'tadi.




