Bugun Ravshan Haydarovning ikki jamoasi o'zaro o'yin o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
4 sen 2020, 10:54
"Surxon" bugun O'zbekiston U-22 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Toshkentda Superliganing ikkinchi davrasiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan "Surxon" jamoasi bugun O'zbekiston U-22 terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Xabaringiz bor, Ravshan Haydarov bir vaqtning o'zida O'zbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi ham hisoblanadi.

Shu boisdan, "Surxon" jamoasini bugungi bahsda Vladimir Andreev bosh murabbiy sifatida boshlab tushadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Сурхон" матбуот хизмати