MYU de Yongning o'rniga A Seriyadan boshqa o'yinchi topdi

Alisher
25 iyul 2022, 10:44
"Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich "Manchester Yunayted"ga o'tishi mumkin.

Qayd etish kerakki, manchesterliklar "Barselona" bilan Frenki de Yong borasida muvaffaqiyatsiz muzokaralardan so'ng rimliklarning serbiyalik yarim himoyachisi uchun da'vogarlik qilishmoqda.

U ayni damda "Yunayted"ning bosh transfer maqsadi hisoblanadi.

"Lacio" yarim himoyachi uchun kamida 70 million evro so'ramoqda. Milinkovich-Savich Italiya klubida 7 yil davomida 48ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calcio Mercato