"Manchester Yunayted" Pulishichni "Chelsi"dan ijaraga olishi mumkin

Alisher
17 avg 2022, 16:40
"Manchester Yunayted" "Chelsi" hujumchisi Kristian Pulishichga qiziqish bildirmoqda.

"Qizil iblislar" hozirgi jamoasida kam o'yin amaliyotidan norozi bo'layotgan va JCH-2022 oldidan ko'proq o'ynashni xohlayotgan 23 yoshli amerikalikning ijara variantini ko'rib chiqmoqda.

Futbolchiga "Nyukasl", "Yuventus" va "Atletiko" ham qiziqmoqda, ammo ular ijara emas, sotib olishni xohlashmoqda. "Chelsi" Pulishichni sotishni xohlamaydi, ammo ijara variantini ko'rib chiqishga tayyor.

Pulishich joriy mavsum "Chelsi" safida 2ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: theathletic.com