Kiberfutbol. FIFA 17 - Arena Cup 5x5 turniri yakunlandi

Aslanov Jasurbek
22 fev 2017, 17:47
Kecha UCFGA Assotsiatsiyasi FIFA 17 yo'nalishi bo'yicha kuchli kiberfutbolchilar o'rtasida Arena Cup 5x5 turnirini o'tkazgandi.

Ushbu musobaqada 4 ta jamoa ishtirok etdi. Musobaqa reglamentiga ko'ra musobaqa avvalida 4 nafar eng kuchli kiberfutbolchi o'z jamoasiga 4 nafar istalgan ishtirokchini qo'shib olish mumkin deb belgilangan. Ushbu turnir finalida “Lokomotiv” klubi kiberfutbolchisi O'ktam Ibragimov jamoasi va “Qo'qon-1912” klubi kiberfutbolchisi Dilshod Matyakubov jamoasi to'qnash keldi. Musobaqaning final bosqichida “Lokomotiv” jamoasi kiberfutbolchisi O'ktam Ibragimov jamoasi “Qo'qon-1912” klubi kiberfutbolchisi Dilshod Matyakubov jamoasidan ustun keldi va turnir g'olibiga aylandi. 

“Lokomotiv” jamoasi kiberfutbolchisi O'ktam Ibragimov jamoasi quyidagicha:

Farruh G'aniev (“Qo'qon-1912”)

Saidaziz Mirazizov (“Bunyodkor”)

Ilzat Majidov (“Olmaliq”)

Ravshan Tursunov (“Paxtakor”)


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia