Kiberfutbol: "Lokomotiv" kiberfutbolchisi Abdusapi Qayumov FCDB2017 musobaqasida yarim finalga yetib bordi

Aslanov Jasurbek
26 noya 2017, 14:47
Minsk shaxrida davom etayotgan FCDB2017 musobaqasida jamoamiz sharafini himoya qilayotgan Abdusapi Qayumov kuchli kiberfutbolchilarni engib yarim finalga qadar yetib bordi.

Final uchun kechgan baxsda omad kiberfutbolchimizdan yuz o'girib 3-4 o'rinlar uchun kechadigan baxsda ishtirok etadi. Abdusapi Qayumov turnirdagi ishtiroki uchun musobaqa tashkilotchilari tomonidan 1250$ bilan mukofotlandi.

"Lokomotiv" matbuot-xizmati


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia