Jeparov jamoasi OCHL o'yinini Turkmanistonda o'tkazmoqchi

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2018, 16:10
OCHL-2018 guruh bosqichi doirasidagi "Istiqlol" - "Al Hilol" uchrashuvi Turkmanistonda bo'lib o'tishi mumkin.

"D" guruhidan o'rin olgan mazkur o'yin 20 fevral kuni bo'lib o'tishi lozim. Eron va Saudiya Arabistoni mamlakatlari o'rtasidagi siyosiy vaziyat tufayli uchrashuv neytral davlatda bo'lib o'tishi kerak. Server Jeparov o'ynayotgan "Istiqlol" bu bahsni Turkmanistonda o'tkazishni xohlamoqda. Bu haqda ahdaaf nashri xabar berdi.

Bu holat faqatgina OFK tomonidan tasdiqlansa bas.

Ushbu guruhda shuningdek Qatarning "Ar Rayyan" klubi ham bor. Yana bir jamoa "Al Ayn" (BAA) - "Malkiya" (Bahrayn) o'rtasidagi o'yindan so'ng ma'lum bo'ladi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia