Italiyada barcha sport tadbirlari 14 iyunga qadar to'xtatildi. A Seriya esa...

Alisher
19 may 2020, 10:54
Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte sport tadbirlari va musobaqalarini 14 iyunga qadar to'xtatish bo'yicha yangi qarorni imzoladi.

A Seriya oldinroq chempionatning restart olish sanasini ma'lum qilgandi va jamoaviy mashg'ulotlar dushanbadan boshlanishi kerak edi (18 may). Bundan tashqari, mavsumning tiklanishi 13 iyunga belgilangandi. A Seriya klublari aynan shu sanada o'tkazishni yoqlashgandi.

Bosh vazirning yangi qaroriga ko'ra, A Seriya o'yinlari davom ettirilmasligi ham mumkin. Hech bo'lmaganda, restart yana cho'ziladi.

Eslatib o'tamiz, Italiyada 225,886 inson COVID-19'ga chalingan va ularning 32,007 nafari vafot etgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia