A Seriya. "Yuventus" "Parma"ni ishonchli hisob bilan taslim etdi, "Atalanta" esa o'z uyida "Piza"ni yuta olmadi

Alisher Ostonov
25 avg 2025, 01:53
Italiya A Seriyasi 1-tur doirasidagi "Atalanta" - "Piza" va "Yuventus" - "Parma" o'yinlari bo'lib o'tdi.

Isak Xien 26-daqiqada o'z darvozasiga avtogol urib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Janluka Skamakka esa 50-daqiqada muvozanatni tikladi. Boshqa gollar urilmadi va bergamoliklar o'z uylarida ochko yo'qotishdi.




Jonatan David 59-daqiqada hisobni ochdi. 83-daqiqada Andrea Kambyaso maydondan chetlatildi. Ammo, bir daqiqadan so'ng Dushan Vlaxovich tabloda ishonchli hisob porlashini taminladi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia