Vardi faoliyatini A Seriyada davom ettiradimi?

Sherzod Nurmatov
26 avg 2025, 17:22
Ayni paytda erkin agent bo'lib turgan tajribali hujumchi Jeymi Vardi tez orada Italiya A Seriyasi klublaridan biriga o'tishi mumkin.

Insayder Janluka Di Marcio xabariga ko'ra, 38 yoshli angliyalik futbolchi ushbu yozgi transfer oynasida "Kremoneze" bilan shartnoma imzolaydi. Vardi allaqachon Italiya terma jamoasi vakillari bilan dastlabki muzokaralarni o'tkazgan. 

Bungacha tajribali forvard yozda Ispaniya yoki Shotlandiyaga o'tishi mumkinligi haqida matbuotda xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, Jeymi Vardi o'tgan mavsum "Lester" tarkibida Angliya chempionatida 35 o'yin o'tkazib, 9 ta gol urgan va 4 ta golga assistentlik qilgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com