“Bunyodkor” OCHL uchun akkreditatsiya jarayonini to'xtatdi

Narzulla Saydullayev
10 mar 2014, 09:20
“Bunyodkor” futbol klubi matbuot xizmati Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchun akkreditatsiya jarayonini to'xtatdi.
"Qaldirg'ochlar"ning Chempionlar ligasidagi uy uchrashuvlarida o'yindan oldingi va keyingi matbuot anjumanlari, ishlash uchun qulay qilib jihozlangan media-tribuna, bellashuvga oid materiallar tarqatiladigan va qalamkashlar ishiga muvofiq taminlangan matbuot markazi, bellashuv qatnashchilari bilan bevosita suhbat qurish joyi bo'lmish mikst-zona hamda darvozalar ortiga (suratkashlar uchun) o'tib borish huquqini beradigan ruxsatnoma kartochkalarini olish uchun jurnalistlardan arizalar 15 fevraldan 3 martga qadar qabul qilindi. Bazi OAV vakillari iltimoslari inobatga olinib, hujjatlarni kechikib ham qabul qildik.

“Bunyodkor” FKning Osiyo Chempionlar ligasidagi uchrashuvlarini yoritib borish uchun 165 nafar OAV vakillariga akkreditatsiya kartochkalarini tayyorladi.

Osiyo Chempionlari ligasi uchun tayyorlangan akkreditatsiya hujjatlari o'z egalariga 10 mart kuni “Paxtakor” stadionida “Bunyodkor” – “Al-Jaish” uchrashuvi oldidan bo'lib o'tadigan matbuot anjumanida tarqatiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com