"Yuventus" "Atalanta" o'yinchisi uchun "Manchester Siti" bilan raqobat qiladi

Alisher
9 mar 2021, 11:42
"Yuventus" "Atalanta" chap qanot himoyachisi Robin Gosens uchun kurashga qo'shildi.

Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar bermoqda. Futbolchiga shuningdek "Manchester Siti" va "Inter" klublari ham qiziqish bildirmoqda.

"Atalanta" Gosens bo'yicha takliflarni yozda ko'rib chiqadi. Bergamoliklar nemis futbolchisini 40 million evroga baholashmoqda.

26 yoshli o'yinchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 6ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira