Yamal jarohati tufayli "Nyukasl"ga qarshi o'ynamaydi

Administrator
17 sen 2025, 00:50
Lamin Yamal jarohat sababli "Nyukasl"ga qarshi YCHL bahsida maydonga tushmaydi.

Avvalroq "Barselona" qanot hujumchisi La Liganing 4-turida "Valensiya"ga qarshi o'yinni (6:0) chov sohasidagi noqulaylik tufayli o'tkazib yuborgandi. Kataloniya jamoasining bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchining Ispaniya terma jamoasi uchun og'riq bilan o'ynaganini ma'lum qildi. Payshanba kuni "ko'k-anorranglilar" Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1-turida "Nyukasl" mehmoni bo'ladi. The Athletic nashrining xabar berishicha, Yamal chov jarohatlanishi sababli ushbu o'yinda ishtirok etmaydi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif