

Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga La Ligadan faqatgina "Real" yo'llanmani qo'lga kirita oldi. "Barselona" va "Sevilya" o'z guruhlarida uchinchi o'rinni band etishdi – bahor bu klublar Yevropa Ligasida kurashni davom ettiradi. "Atletiko" esa "Bryugge", "Portu" va "Bayer" bor guruhda oxirgi o'rinni egalladi.
"Oxirgi 20-25 yil ispan klublari Yevropada dominantlik qilishdi. "Barselona", "Real", "Atletiko", "Sevilya", "Valensiya" o'z vaqtida shu yerda bo'lishgan. Bu yil ularning bazilari pley-offga chiqa olmadi... Bu futbol.
Bu sharmandali natija emas. Ular harakat qilishdi, ammo kurashdan chiqishdi. Ishoning, keyingi yil ular yanada kuchli bo'lib qaytishadi.
Chempionlar Ligasi – o'ta murakka musobaqa. Biz doim shu haqida gapiramiz. So'nggi yillarda biz muntazam ravishda pley-off yo'llanmasiga ega chiqyapmiz, lekin buni oddiy, oson ishdek qabul qilmang. Klub statusi bu turnirda hech nima qilib bermaydi.
Chempionlar Ligasi qisqa vaqtli muddatda ko'p narsani talab qiladi. Agar bir yoki ikkita xatoga yo'l qo'ysangiz, barchasi so'nggi turda hal bo'ladi. Bu esa aynan siz musobaqani tark etishingiz ham mumkin degani. Shunday vaziyatda "Barsa", "Yuventus" yoki "Atletiko"ni kuchsiz jamoa desa bo'ldimi? Aslo yo'q!
YCHL chinakamiga o'ziga xos, murakkab musobaqa. Shunday qarorlar borki, ularni siz nazorat qila olmaysiz, sizga umuman bog'liq bo'lmagan harakatlar mavjud", – dedi "Manchester Siti" ustozi "Sevilya" bilan o'yindan (3:1) keyin.



