
Gollandiyalik murabbiy faoliyatida 30ga yaqin derbida ishtirok etgan. Murabbiy "Ayaks", "Barselona", "Bavariya" jamoalarida ishlagan vaqti turli derbilarda jamoasini maydonga olib tushgan. Ushbu o'yinlarda van Gaal shogirdlari etti marotaba mag'lubiyatga uchragan bo'lsalar, o'n ettita o'yinda g'alaba qozongan. Oltita o'yinda esa murabbiyning futbolchilari murosa ko'chasini tanlaganlar.