Ulug'bek Baqoev: "So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib, mag'lub bo'lish alamli"

Mirjalol Normatov
29 iyun 2019, 20:41
Superliganing 13-turi doirasida "Lokomotiv" - "So'g'diyona" (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Bugun biz amaldagi chempionga qarshi o'ynadik. So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib, mag'lub bo'lish juda alamli. Raqiblarni tabriklayman. Bu futbol. Ular birdamlik va o'yinchilarning mahorati evaziga g'alabaga erishishdi. Keyingi o'yinlarda xatolarni to'g'rilashga harakat qilamiz.

- Jamoaning yetakchilariga nimalar yetishmayapti? Tanaffusda nimalarni o'zgartirishni istadingiz? Balki, selekciya ishlarida xatolar bordir?
- Menimcha, jamoaga bunday o'yinlarda barchasini o'z qo'liga oladigan futbolchi yetishmayapti. "Lokomotiv" esa top futbolchilar bilan o'ynaydi. Ularning tarkibida milliy terma futbolchilari ko'proq. Selekciyada ham yaxshiroq ishlashga harakat qilamiz. Jamoaning kelgusi muvaffaqiyatlari shunga bog'liq.

- "So'g'diyona"ning potenciali nimalarga etadi? Jamoa yozgi transferlar oynasida kuchaytiriladimi?
- Bu hozircha maxfiy ma'lumot. Hozirda biz oldinga harakat qilishimiz kerak. OAVda chiqayotgan xabarlarga esa unchalik e'tibor bermayapmiz.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia