

Unda O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etadi. Samvel Babayan boshchiligidagi jamoamiz guruhda Janubiy Koreya, Iroq va Yamanga qarshi kurash olib boradi.
Guruhdoshimiz Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi yanvar oyi boshida Dubayda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Dastlab 4 yanvarda "Al Shabab" stadionida BAA olimpiyachilariga qarshi o'yin bo'lib o'tsa, 7 yanvar kuni xuddi shu stadionda Saudiya Arabistoniga qarshi bahs o'tkaziladi.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston va Janubiy Koreya o'rtasidagi o'yin 13 yanvar kuni bo'lib o'tadi.



