Eshitdik-da! O'zbekiston OTJ sardori Jasur Jaloliddinov tez orada legionerga aylanadi

Tolibjon Qosimov
1 avg 2024
Legioner futbolchilarimiz safi yana bittaga oshishi mumkin.

"Championat.asia" ma'lumotiga ko'ra, Jaloliddinov "Neftchi"ni tark etadi. 22 yoshli futbolchiga Eronning "Sepaxon" jamoasi, BAA klubi va Osiyo qitasidan bo'lmagan klubdan jiddiy qiziqish mavjud. Ayni paytda muzokaralar davom etmoqda. Voqealar rivojini saytimizda kuzatib boring.

Eslatib o'tamiz, Jasur Jaloliddinov joriy mavsum Superligada 10ta o'yin o'tkazib 2ta gol urgan va bitta assist qayd etgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia