Superliga. "Paxtakor" o'z maydonida "Buxoro" bilan jangovar durangga imzo chekdi

Оқил Абдубарноев
6 avg 2026, 21:00
Superliga 16-turidan joy olgan bahs yakunlandi.

Superliga

16-tur

“Paxtakor” – “Buxoro” 2:2

Toshkent. “Paxtakor” stadioni. 20:00

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin

Zaxira hakami: Shohinur Boymatov

VAR: Jasur Muxtorov

AVAR: Timur Gaynullin

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Qudrat Madraimov

Gollar: 1:0 – 17, Dilshod Saitov; 2:0 – 28, Stefan Chinedu; 2:1 – 75, Vladimir Rodich (Kirill Todorov); 2:2 – 83, Sanjar Quvvatov (avtogol).

“Paxtakor”: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Zaid Tahsin, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Dilshod Saitov, 10.Akmal Mozgovoy, 17.Dostonbek Hamdamov (29.Ayman Hussayn, 86), 21.Bashar Resan (50.Flamarion, 86), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Sherzod Nasrullaev, 90.Stefan Chinedu (11.Hojimat Erkinov, 69).

Zaxira: 12.Vladimir Nazarov, 9.Ibrohim Ibragimov, 14.Rustam Turdimurodov, 20.Dilshod Abdullaev, 44.Diyor Ermanov, 77.Oybek Bozorov.

"Buxoro": 12.Umidjon Hamroev, 6.Ravshan Xayrullaev, 7.Xurshidbek Muxtorov, 10.Shahzodbek Ubaydullaev (8.Anvarjon Jo'raev, 69), 11.Timur Mamasidiqov (77.Asilbek Qayyumov, 74), 17.Javohir Ro'ziev (22.Asadbek Jo'raboev, 46 (9.Nika Kacharava, 56), 25.Sherzod Esanov, 27.Muhammad Yuldashev (97.Shahboz Jo'rabekov, 46), 30.Boyan Mladovich, 42.Kirill Todorov, 78.Vladimir Rodich.

Zaxira: 1.Shirinboy Abdullaev, 5.Sardor Qulmatov, 14.Islombek Baratov, 88.Dominik Begich.

Ogohlantirishlar: Ravshan Xayrullaev (42), Nika Kacharava (64), Kirill Todorov (66)

🏁 90+5’ – Uchrashuv yakunlandi! "Paxtakor" va "Buxoro" jamoalari o'rtasidagi dramatik va shiddatli kechgan bahsda jangovor durang qayd etildi – 2:2.

90+3’ – "Paxtakor" jarima maydonchasi yonidan standart vaqtida kutilmagan yurish qildi: Akmal Mozgovoy darvozaga zarba yo'llash o'rniga to'pni jarima maydoni ichidagi Flamarionga uzatdi. Uning sherigiga oshirgan pasini "Buxoro" himoyachisi Xurshidbek Muxtorov bartaraf etdi. Mezbonlar foydasiga burchak zarbasi.

⏱ 90’ – Ikkinchi bo'limning asosiy vaqti tugadi. Bosh hakam uchrashuvga 5 daqiqa vaqt qo'shib berdi.

86’ – "Paxtakor" tarkibida o'zgarish: Bashar Resan o'rniga Flamarion maydonga tushdi.

⚽ 83’ – GOL! "Buxoro" muvozanatni tikladi! Burchak to'pi o'yinga kiritilgach, Vladimir Rodichning uzatmasidan so'ng Sherzod Esanov ketma-ket ikki bor zarba yo'lladi. Sanjar Quvvatov bu zarbalarni mahorat bilan qaytardi, ammo to'pni jarima maydonchasidan chiqarib yuborishga uringan Muhammadqodir Hamralievning harakatidan so'ng to'p yana Sanjar Quvvatovga tegib, darvoza to'ridan joy oldi – 2:2.

⚡ 79’ – Xavfli vaziyat! "Paxtakor" yarim himoyachisi Akmal Mozgovoyning jarima zarbasidan yo'llagan kuchli zarbasini "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev qaytarib, jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.

⚽ 75’ – GOL! "Buxoro" hisobni qisqartirmoqda! Vladimir Rodich jarima maydonchasi yonidan o'ng oyog'ining tashqi tomoni bilan olis burchakni aniq nishonga oldi – 2:1!

74’ – "Buxoro" tarkibida navbatdagi o'zgarish: Timur Mamasidiqov o'rniga Asilbek Qayyumov maydonga tushdi.

69’ – Maydonda bir yo'la ikkala jamoa tarkibida o'zgarishlar amalga oshirildi:

"Paxtakor"da Stefan Chinedu o'rniga Hojimat Erkinov maydonga tushdi.

"Buxoro" tarkibida esa Shahzodbek Ubaydullaev o'rnini Anvarjon Jo'raevga bo'shatib berdi.

🟨 66’ – "Buxoro" himoyachisi Kirill Todorov "Paxtakor" hujumchisi Stefan Chineduning oldinga o'tib ketishiga yo'l qo'ymagani va uni to'xtatib qolgani uchun sariq kartochka oldi.

🟨 64’ – "Buxoro" hujumchisi Nika Kacharava qo'pol o'yini uchun hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

56’ – "Buxoro" tarkibida yana bir o'zgarish amalga oshirildi: Asadbek Jo'raboev o'rniga Nika Kacharava maydonga tushdi.

54’ – "Paxtakor"dan xavfli hujum! Bashar Resan jarima maydonchasi ichidan zarba yo'lladi, biroq mehmonlar himoyachisi to'pni blok qilishga erishdi.

51’ – "Buxoro"dan xavfli vaziyat! Shahboz Jo'rabekov olis masofadan kuchli zarba yo'lladi – to'p darvoza ustunining yonidan o'tib ketdi.

47’ – "Buxoro" a'zosi Shahboz Jo'rabekov oyog'ining yon tarafi bilan darvoza tomon zarba yo'lladi. Biroq zarba kuchsiz chiqdi va "Paxtakor" darvozaboni Pavel Pavlyuchenko to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

▶️ 46’ – Ikkinchi bo'lim boshlandi.

"Buxoro" tarkibida tanaffusda ikkita o'zgarish amalga oshirildi: Javohir Ro'ziev o'rniga Asadbek Jo'raboev, Muhammad Yuldashev o'rniga esa Shahboz Jo'rabekov maydonga tushdi.

⏸ 45+2’ – Birinchi bo'lim yakunlandi.

Jamoalar tanaffusga yo'l olishmoqda. Dastlabki 45 daqiqalikda maydon egalari to'liq ustunlik qilishdi va Dilshod Saitov hamda Stefan Chineduning gollari evaziga ishonchli hisobda oldinda borishmoqda: "Paxtakor" – "Buxoro" – 2:0.

⏱ 45’ – Birinchi bo'limga 2 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

44’ – "Paxtakor"dan xavfli vaziyat! Tezkor hujum davomida Dostonbek Hamdamov chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni uzatdi. Akmal Mozgovoy tomonidan yo'llangan zarbani "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev katta qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

🟨 42’ – "Buxoro" a'zosi Ravshan Xayrullaev yuqori tezlikda harakatlanib, "Paxtakor" yarim himoyachisi Abdurauf Bo'rievga nisbatan shiddatli podkat ishlatib, uni yiqitgani uchun bosh hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

41’ – "Paxtakor"ning navbatdagi kombinacion hujumi. Jarima maydonchasi ichida Sardor Sobirxo'jaev yo'llagan zarba himoyachiga tegib, maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

38’ – "Paxtakor"dan tezkor qarshi hujum. Stefan Chinedu boshlagan hujumni Bashar Resan davom ettirdi va jarima maydonchasi ichiga yana Stefan Chinedu tomon pas oshirdi. "Buxoro" himoyachisi xavfni bartaraf etib, to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

⚽ 28’ – GOL! "Paxtakor" farqni oshirdi! Dilshod Saitovning o'ng qanotdan oshirgan to'pini qaytarishda "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. Darvozabondan qaytgan to'pni Stefan Chinedu qiyinchiliksiz bo'sh qolgan darvozaga joylab qo'ydi – 2:0.

24’ – "Buxoro"dan xavfli vaziyat! Muhammad Yuldashev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni oshirib berdi. Vladimir Rodich bosh bilan zarba yo'lladi, to'p darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

⚽ 17’ – GOL! "Paxtakor" hisobni ochdi! Chap qanotdan jarima maydonchasiga oshirilgan to'pni Boyan Mladovich bosh bilan qaytarib yubordi. Jarima maydonchasining o'ng tomonida turgan Dilshod Saitov qaytgan to'pga to'xtatmasdan zarba yo'llab, uni darvozaning uzoq burchagiga aniq joyladi – 1:0.

15’ – Akmal Mozgovoy olis masofadan kuchli bo'lmagan zarba yo'lladi. "Buxoro" darvozaboni Umidjon Hamroev to'pni qiyinchiliksiz egallab oldi.

11’ – "Paxtakor"dan xavfli vaziyat! Sherzod Nasrullaev chap qanotdan jarima maydonchasi ichiga to'pni oshirib berdi, ammo Dostonbek Hamdamov zarba berishda to'pga oyog'ini aniq qo'ya olmadi.

8’ – "Buxoro"ning hujumi paytida jamoa a'zosi Timur Mamasidiqovni oldinga boshlab berdi, ammo futbolchi to'pga eta olmadi. "Paxtakor" darvozaboni Sanjar Quvvatov o'z vaqtida oldinga chiqib, to'pni egallab oldi.

3’ – "Paxtakor" jarima zarbasi tepish huquqiga ega bo'ldi. Bashar Resanning jarima maydonchasi ichiga oshirgan to'piga Zaid Tahsin tashlandi, ammo uning oyog'i to'pga etmay qoldi. Xavfli vaziyatda to'p hech kimga tegmasdan darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

⏱️ 1’ – Uchrashuvga star berildi. O'yinni "Paxtakor" futbolchilari maydon markazidan boshlab berishdi.

🏟️ Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Paxtakor" jamoasi to'q binafsharang, "Buxoro" esa oq rangli liboslarda harakat qiladi.

O'xshash yangiliklar

Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia